Vagonlarning eshiklarini ikki tomonlama brendlash
Toshkent metropoliteni vagonlarining kirish/chiqish eshiklarini brendlash o‘lchami 24x40 sm bo‘lgan stikerlarni joylashtirishni ko‘zda tutadi. Stikerlar uchun reklama joylari metro poezdlari vagonlarining kirish/chiqish ikki tavaqali surilma eshiklari oynalariga joylashtiriladi. Reklama axboroti berilgan stikerlar taqdim etilgan axborotni batafsil o‘rganish uchun qulay bo‘lgan optimal balandlikda (ko‘zlar sathida) joylashadi. Reklamangiz vagonlar saloniga qaragan holda ichki tomonda joylashadi (ilova qilingan sxemaga qarang). Reklama maydoni har qanday turdagi matnli va grafik axborotni katta hajmda joylashtirish uchun manfaatli proportsiyalarga ega. Stiker o‘zi yopishadigan asosga ega bo‘lib (removable), maxsus texnologiyalar bo‘yicha tayyorlangan. Tarkib yo‘lovchilarining kontakt foizi 100%.